Chinkvini Safonov PSJning asosiy darvozaboni bo‘lishi mumkin

Rossiya terma jamoasining sobiq menejeri Oreste Chinkvini PSJ darvozaboni Matvey Safonovning Fransiyadagi istiqbollari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassisning aytishicha, Safonov uzoq yillar davomida Parij klubida birinchi raqamga aylanish salohiyatiga ega. Hozircha ham darvozani aynan u qo‘riqlayapti, raqobatchisi Shevale esa zaxirada qolmoqda.
Chinkvini Safonov so‘nggi o‘yinda “Renn”ga qarshi uchta gol o‘tkazib yuborganiga qaramay (1:3), baribir boshlang‘ich tarkibda maydonga tushish imkoniyatlari yuqori ekanini ta’kidladi.
Joriy mavsumda 26 yoshli golkiper barcha musobaqalarni qo‘shib hisoblaganda 8 uchrashuvda qatnashdi, 8 ta gol o‘tkazdi va 3 bor darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.
PSJ navbatdagi bahsini 17-fevral kuni “Monako”ga qarshi o‘tkazadi. Chempionlar ligasi pley-off saralash bosqichi ilk uchrashuvi 23:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!