Ikardi «Eyu'pspor»ga uch gol urib, rekord o'rnatdi

Turkiya chempionatining 22-turida «Galatasaray» «Eyu'pspor»ni 5:1 hisobida yirik mag'lubiyatga uchratdi. Uchrashuvning asosiy qahramoni argentinalik hujumchi Mauro Ikardi bo'ldi — u xet-trik qayd etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bu natija Ikardiga Istanbul klubi tarixida eng ko'p gol urgan legioner sifatida yangi rekord o'rnatish imkonini berdi. U mazkur ko'rsatkichda ruminiyalik Georhe Hadjini ortda qoldirdi: Hadjining hisobida 75 gol bo'lgan bo'lsa, Mauro endi 76 ta gol bilan peshqadam.
Klub to'purarlari umumiy ro'yxatida Ikardi hozircha yettinchi o'rinda bormoqda. Eslatib o'tamiz, Mauro Ikardi «Galatasaray» safida 2023 yildan beri o'ynamoqda, undan avval u «PSJ» sharafini himoya qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing