Vinisius Yevropada jarima maydonidagi teginishlar bo‘yicha yetakchi

Madridning «Real» klubi hujumchisi Vinisius Junior Yevropaning kuchli besh ligasida raqib jarima maydonida to‘pga eng ko‘p tegingan futbolchi sifatida birinchi o‘ringa chiqdi. Statmuse statistik portali e’lon qilgan ma’lumotlar shuni ko‘rsatmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Braziliyalik futbolchining hisobida 216 ta teginish bor. Ikkinchi pog‘onada uning jamoadoshi Kilian Mbappe (194), uchinchi o‘rinda esa «Barselona» vakili Lamin Yamal (187) qayd etildi.
Top-10 ro‘yxatidan shuningdek Luis Dias («Liverpul», 176), Erling Holann («Manchester Siti», 151), Maykl Olise («Bavariya», 149), Lautaro Martines («Inter», 141), Kenan Yildiz («Yuventus», 135), Mohamed Salah («Liverpul», 134) va Yankuba Minte («Brayton», 133) ham joy oldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing