Argentina futboli rahbari korrupsiya ishi bo'yicha so'roq qilinadi

Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) prezidenti Klaudio Tapia ijtimoiy badallar to'lanmagani bo'yicha ochilgan ish doirasida prokuraturaga so'roqqa chaqirildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ushbu ishda AFA g'aznachisi Pablo Tovigino ham gumondor sifatida tilga olinmoqda. Huquq-tartibot idoralari har ikki amaldorga mamlakatni tark etishni taqiqlab qo'ydi.
So'roq 5 mart kuni bo'lib o'tishi belgilangan. Tergov ma'lumotlariga ko'ra, AFA tomonidan ijtimoiy to'lovlar sifatida davlat byudjetiga 13 million dollar yetib bormagan.
Shuningdek, Tapia nomidagi 10 gektarlik, vertolyot maydonchasi mavjud bo'lgan mulk ham shubha ostiga olingan.
Prokuratura yana futbolchilarga beriladigan bonuslar miqdoriga ham qiziqmoqda: ular Tapianing dunyo bo'ylab parvoz xarajatlaridan kam ekani qayd etilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!