date

Radimov Italiya terma jamoasi saviyasini past baholadi

Radimov Italiya terma jamoasi saviyasini past baholadi

Peterburgning «Zenit» klubida to‘p surgan sobiq yarimhimoyachi, hozirda futbol mutaxassisi sifatida faoliyat yuritayotgan Vladislav Radimov Italiya futboli holati haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Radimovning ta’kidlashicha, Italiya futboli hozir inqiroz davrini boshdan kechirmoqda: klublar legionerlar hisobiga ma’lum darajada natija ko‘rsatayotgan bo‘lsa-da, terma jamoa darajasi past va jamoa jahon chempionatiga bormay qolish xavfi ostida. U bu gaplarni «Match TV» efirida aytdi.

Eslatib o‘tamiz, Italiya terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma ola olmadi. Jamoa bosh murabbiy Jennaro Gattuzo qo‘l ostida saralashdagi styk uchrashuvlarida qatnashadi.

2026 yilgi mundial yozda Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tadi. Nufuzli turnirga uch davlat — AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Radimov Italiya terma jamoasi saviyasini past baholadi