FIFA Meksikadagi tartibsizliklardan xavotirga tushdi

Meksikada yuz bergan tartibsizliklar FIFAni jiddiy tashvishga soldi. Bu mamlakat 2026 yilgi jahon chempionati mezbonlaridan biri bo‘lsa-da, mundialgacha hali vaqt bor, ammo qit’alararo saralash pley-off o‘yinlarigacha atigi bir oy qoldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mart oyi oxirida aynan Meksikada 2026 yilgi jahon chempionatiga ikki yo‘llanma qit’alararo stykovoy uchrashuvlar orqali hal bo‘lishi kerak. Mamlakatdagi vaziyat keskinlashsa, FIFA o‘yinlarni boshqa joyga ko‘chirish masalasini ko‘rib chiqishi mumkin.
The Touchline nashri jurnalist Alexandro Orvanyanosga tayanib, FIFA ichida xavotir kuchayayotganini yozdi. Vaziyat rivoji kuzatib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi jahon chempionatiga AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qilishi belgilangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!