Arbeloa Mbappening holati haqida aniq ma’lumot berdi

Madridning “Real” jamoasi murabbiyi Alvaro Arbeloa hujumchi Kilian Mbappening jismoniy holati yuzasidan fikr bildirdi. Yil boshidan beri fransuz futbolchisi tizzasida noqulaylik sezayotgani aytilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Arbeloa jurnalistlar bilan suhbatda Mbappe ertangi o‘yinga tayyor ekanini ta’kidladi. Murabbiy uning so‘nggi haftalarda mashg‘ulotlarda juda faol ishlayotganini, intizomi va mehnati bilan jamoaga katta yordam berayotganini qayd etdi. Arbeloa fikricha, Mbappe maydonda o‘yin taqdirini o‘zgartira oladigan futbolchi, himoyachilar esa uning istalgan payt vaziyatni hal qilish qobiliyatini yaxshi biladi.
“Real” 25-fevral kuni “Benfika”ni qabul qiladi. Dastlabki uchrashuvda Arbeloa shogirdlari Lissabonda 1:0 hisobida g‘alaba qozongan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!