Kavani hushtakbozlik ostida qoldi, Boca kelajagi noaniq

Urugvaylik Edinson Kavani "Boka Xuniors"ni tark etishi mumkin — buning sababi futbolchining o'zi emas, balki vaziyat uni shunga majbur qilayotgandek. Uning maydondagi o'yini muxlislarni ko'nglini qoldirmoqda va stadionda hushtaklar tobora ko'paymoqda. So'nggi bahsda ham "Matador" almashtirilayotgan paytda maydonni kuchli hushtaklar ostida tark etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Aytish joiz, o'zgarish ham foyda bermadi: "Boka" "Platense" darvozasini ishg'ol qila olmadi va uchrashuv 0:0 hisobida yakunlandi. Argentinalik OAV endi Kavanining shartnomasini uzaytirish masalasiga juda ehtiyotkor yondashmoqda. Qolaversa, klub paragvaylik Adam Bareyroni tarkibga qo'shib oldi va ko'pchilik aynan u 39 yoshli tajribali hujumchini asosiy tarkibdan siqib chiqarishini kutmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!