Pokonyoli Pogba qachon safga qaytishini aytib otdi

"Monako" bosh murabbiyi Sebastyen Pokonyoli yarim himoyachi Pol Pogbaning jarohatdan keyingi tiklanish jarayoni va maydonga qaytish muddatlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassis matbuot anjumanida Pogbaning qaytishi tobora yaqinlashayotganini ta'kidlab, uni terma jamoalar o'yinlari uchun tanaffusdan biroz oldin jamoa ixtiyorida ko'rishni istashlarini aytdi. Pokonyoliga ko'ra, "Monako" xalqaro tanaffus davrida ham futbolchi bilan alohida ishlashni ko'zlamoqda, Pogba esa diqqatini jamoaga qaratgan.
Bu mavsumda Pogba noyabr-dekabr oylarida "Monako" safida uchta uchrashuvda maydonga tushdi, biroq shundan so'ng yana jarohatlar sababli safdan chiqib qoldi.
Mart oyida Pogba 33 yoshni qarshi oladi. Hozirda "Monako" Liga 1 turnir jadvalida sakkizinchi pog'onada bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!