Argentina chempionati soliq mojarosi ortidan tanaffus oladi

Argentina chempionati bir haftalik tanaffus e’lon qildi: 9-tur uchrashuvlari keyinroq o‘tkaziladi. Mahalliy futbol federatsiyasi atrofidagi navbatdagi korrupsiya mojarosi shu qarorga sabab bo‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Qiziq tomoni, 7 va 8-tur o‘yinlari odatdagidek o‘tkaziladi, ammo taqvimga ko‘ra 5–8 mart kunlari bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan 9-tur keyinga surildi. Bunga 5 mart kuni AFA prezidenti Klaudio Tapia tribunal oldida javob berishi kutilayotgani turtki bo‘lgan.
derbyderbyderby.it xabariga ko‘ra, sobiq futbolchilar va xodimlarga pensiya to‘lovlari bilan bog‘liq sxema orqali 19 milliard peso miqdoridagi soliq to‘lovlaridan qochilgani aytilmoqda — yevroda ham summa salmoqli, qariyb 12 million. Shuningdek, federatsiya pul yuvish jarayonlariga aloqador bo‘lishi mumkinligi haqida ham shubhalar bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!