Argentina chempionati AFA atrofidagi mojarodan so'ng to'xtaydi

Argentina chempionati bir haftalik tanaffus oladi: 9-tur uchrashuvlari keyinroq o‘tkaziladi. Bunga mamlakat futbol federatsiyasi atrofida navbatdagi korrupsiya mojarosi sabab bo‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Qiziq tomoni shundaki, 7 va 8-tur o‘yinlari reja bo‘yicha o‘tkaziladi, tanaffus esa aynan 9-turga to‘g‘ri keladi. Taqvimda bu tur 5–8 mart kunlari bo‘lib o‘tishi kerak edi. 5 mart kuni AFA prezidenti Klaudio Tapia tribunal oldida javob berishi kutilayotgani uchun shunday qaror qabul qilingan.
derbyderbyderby.it xabariga ko‘ra, sobiq futbolchilar va xodimlarga pensiya to‘lovlari bilan bog‘liq sxema orqali 19 milliard peso miqdoridagi soliq to‘lovlaridan qochilgani taxmin qilinmoqda. Yevro hisobida ham bu summa katta — qariyb 12 million. Shuningdek, federatsiya pul yuvish jarayonlarida ham qatnashgan bo‘lishi mumkinligi haqida shubhalar bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!