date

Al-Nasr bosh murabbiyi Ronalduga dam berilganini aytdi

Al-Nasr bosh murabbiyi Ronalduga dam berilganini aytdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nima sababdan navbatdagi o‘yinda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz hujumchi tez orada maydonga qaytishi kutilayotgandi, biroq eng yaqin uchrashuvda ham uning ishtiroki bo‘lmaydi.

Jezushning so‘zlariga ko‘ra, jamoa zich taqvimni inobatga olib, Ronaldu va asosiy tarkibdagi bir qator futbolchilarga dam berishga qaror qilgan. Murabbiy bu qarorni oldinda turgan «Al-Fateh»ga qarshi muhim o‘yin bilan bog‘ladi.

Shuningdek, mutaxassis Ronalduga bunday dam berish odatiy hol ekanini ta’kidladi: u Saudiya Arabistoni tashqarisida o‘tadigan ayrim uchrashuvlarni birinchi marta emas, avval ham o‘tkazib yuborgan.

Saudiya chempionatining «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Nasr bosh murabbiyi Ronalduga dam berilganini aytdi