Bruno Fernandes Angliya Premer-ligasi rekordini takrorladi

Manchester Yunayted sardori Bruno Fernandes bir mavsumdagi assistlar soni bo‘yicha Angliya Premer-ligasi rekordini takrorlaganidan faxrlanishini bildirdi. Portugaliyalik yarim himoyachi Nottingem Forestga qarshi o‘yinda o‘zining 20-golli uzatmasini amalga oshirib, Thierry Henry va Kevin De Bruyne kabi afsonaviy futbolchilarning natijasiga yetib oldi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Uchrashuvdan so‘ng jurnalistlarga bergan intervyusida Bruno Fernandes bu natijadan juda mamnun ekanligini ta’kidladi. U Premer-liganing eng yaxshi ijodkorlari qatorida tilga olinishi o‘zi uchun katta sharaf ekanligini va bu yutuqdan g‘ururlanishini yashirmadi.
Mavsumning so‘nggi turida Brayton jamoasiga qarshi maydonga tushadigan Fernandes rekordni yakka o‘zi o‘rnatish imkoniyatiga ega. Agar u navbatdagi o‘yinda yana bir golli uzatmani amalga oshirsa, 21 ta assist bilan Premer-liga tarixidagi mutlaq rekordchiga aylanadi.
Yarim himoyachi bu natijaga erishish uchun bosim his qilmaganini, aksincha, jamoa manfaati yo‘lida harakat qilish uning asosiy vazifasi ekanligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 20 ta assist — bu uning faoliyatidagi eng yuqori ko‘rsatkich va u yakuniy natijadan qat’i nazar, joriy mavsumdagi o‘yinidan qoniqish hosil qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!