date

Quyoshda ulkan qora dog‘lar paydo bo‘ldi

Quyoshda ulkan qora dog‘lar paydo bo‘ldi

Quyoshning orqa qismida yirik qora dog‘lar guruhi shakllangani olimlar e’tiborini tortdi. Bu haqda Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, so‘nggi yillardagi eng xavfli faollik markazlaridan biri Solar Orbiter kosmik apparati tomonidan kuzatilgan.

Olimlar fikricha, keyingi bir yil davomida Quyoshda bu darajadagi yirik faollik deyarli uchramagan. Hajmi va Quyosh diskidagi joylashuvi jihatidan unga eng yaqin holat 2024 yil may oyida kuzatilgan 3664-raqamli hudud bo‘lgan.

Mutaxassislar eslatishicha, o‘sha davrda yuz bergan kuchli chaqnashlar va ularning Yerga ta’siri so‘nggi 20 yildagi eng yirik magnit bo‘ronini keltirib chiqargan edi.
Ta’kidlanishicha, tarixdagi eng kuchli quyosh chaqnashlari aynan shunday ulkan faollik hududlarida sodir bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Quyosh Yerdan kuzatilganda o‘z o‘qi atrofida to‘liq aylanishni taxminan to‘rt haftada amalga oshiradi. Olimlar hisob-kitobiga ko‘ra, bir haftadan keyin ushbu faollik sohasi Quyoshning chap qismida ko‘rina boshlaydi. Yana bir haftadan so‘ng esa u Yerga nisbatan eng xavfli nuqtaga yetishi mumkin.

Biroq mutaxassislar ikki hafta Quyosh dog‘lari uchun juda uzoq muddat ekanini ta’kidlamoqda. Bu vaqt ichida ular paydo bo‘lishi, kuchli chaqnashlar chiqarishi yoki butunlay yo‘qolib ketishi ham mumkin.

Shu sababli olimlar hozircha ushbu qora dog‘lar guruhi keyinchalik qanday ta’sir ko‘rsatishini aniq bashorat qilish qiyinligini aytmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Quyoshda ulkan qora dog‘lar paydo bo‘ldi