date

MTS aloqani tiklash uchun geksakopterli LTE/5G bazaviy stansiyasini taqdim etdi

MTS aloqani tiklash uchun geksakopterli LTE/5G bazaviy stansiyasini taqdim etdi

Rossiyaning «Sifrovaya industriya promishlennoy Rossii» (SIPR) konferensiyasida MTS operatori «Irteya» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan LTE/5G bazaviy stansiyasi o‘rnatilgan aeromobil aloqa kompleksini namoyish qildi. Mazkur qurilma borish qiyin bo‘lgan va aholi kam yashaydigan hududlarda mobil aloqani ta’minlash, shuningdek, Private LTE/5G texnologik tarmoqlarini tashkil etish uchun mo‘ljallangan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Geksakopter tros yordamida 100-200 metr balandlikda ushlab turiladi va hudud relyefidan qat’i nazar, 10-15 kilometr radiusda uch kun davomida barqaror radioqamrovni ta’minlashga qodir. Kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, ushbu kompleksni ikki nafar mutaxassis atigi yarim soat ichida, yo‘ltanlamas avtomobil yetib bora oladigan deyarli har qanday joyda ishga tushirishi mumkin.

Kompleksni boshqarish va qo‘llab-quvvatlash ishlari avtofurgonda joylashgan operator tomonidan sun’iy yo‘ldosh aloqasi yoki optik tolali kabel orqali amalga oshiriladi. Sinovlar davomida 5G rejimida ma’lumotlar uzatish tezligi 1,2 Gbit/s gacha yetganligi qayd etildi.

MTS 2028-yilga qadar ushbu turdagi o‘nlab mobil aloqa komplekslarini ishlab chiqarish va foydalanishga topshirishni rejalashtirmoqda. Bu texnologiya favqulodda vaziyatlarda va infratuzilma rivojlanmagan hududlarda aloqa sifatini keskin oshirishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » MTS aloqani tiklash uchun geksakopterli LTE/5G bazaviy stansiyasini taqdim etdi