Jose Mourinho yana Real Madrid boshqaruviga qaytishi mumkin

Real Madrid rahbariyati mavsum yakunlangach, Jose Mourinho bilan shartnoma imzolash boʻyicha yakuniy qarorga keldi. Portugaliyalik mutaxassis "Qirollik klubi"ni qayta tiklash va jamoani yangi choʻqqilarga olib chiqish uchun "Santiago Bernabeu"ga qaytishga tayyor. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
ESPN xabariga koʻra, klub rasmiy eʼlonni kelasi hafta, yaʼni La Liga mavsumi yakunlanganidan soʻng amalga oshirmoqchi. Ayni damda Benfica bosh murabbiyi boʻlib turgan Mourinho Lissabon klubi bilan xayrlashish jarayonini boshlab yuborgan.
Florentino Perez jamoaning joriy mavsumda Barselona ortida qolgani va Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatsiz ishtirokidan soʻng, aynan Mourinho nomzodiga toʻxtaldi. Tomonlar ikki yillik shartnoma borasida ogʻzaki kelishuvga erishgan.
Mourinho oʻz intervyusida agenti Jorge Mendes va Real Madrid rahbariyati oʻrtasida muzokaralar ketayotganini tasdiqladi. Mutaxassis kelasi hafta klub rahbariyati bilan shaxsan uchrashib, yakuniy qarorini maʼlum qilishini taʼkidladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!