date

Portugaliya Jahon chempionati uchun kuchli tarkibini e’lon qildi

Portugaliya milliy jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati uchun yakuniy tarkibini ma’lum qildi. Bosh murabbiy Roberto Martines bo‘lajak mundialga eng kuchli futbolchilarni jalb etdi. Qaydnomada tajribali yulduzlar bilan birga Yevropaning yetakchi klublarida to‘p surayotgan yangi avlod vakillari ham bor.

Darvozabonlar ro‘yxatidan Diogo Kosta, Joze Sa, Rui Silva va Rikardo Velxo o‘rin oldi. Bu pozitsiyada Martinesda yetarlicha tanlov bor. Ayniqsa, Diogo Kosta so‘nggi yillarda Portugaliyaning asosiy posbonlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda.

Himoya chizig‘i ham juda salmoqli ko‘rinadi. Diogo Dalot, Joao Kanselu, Nunu Mendesh, Ruben Diash, Gonsalo Inasiu va Tomas Arauxo kabi futbolchilar jamoaga tajriba, tezlik va to‘p bilan xotirjam harakat qilish imkonini beradi. Shuningdek, Mateus Nunes va Nelson Semedu ham tarkibdan joy olgan.

Yarim himoyada Portugaliyaning eng katta kuchi jamlangan. Ruben Nevesh, Joao Nevesh, Brunu Fernandesh, Bernardu Silva va Vitinya kabi futbolchilar maydon markazida o‘yin sur’atini boshqarish, hujumlarni tashkil etish va raqib bosimiga qarshi tura olishda muhim rol o‘ynaydi.

Hujum chizig‘ida esa Krishtianu Ronaldu nomi alohida e’tibor tortadi. Tajribali yulduz bilan birga Joao Feliks, Pedro Netu, Rafael Leau, Gonsalu Ramush, Fransishku Konseysau va Trinkau kabi futbolchilar ham mundialga yo‘l oladi. Bu esa Portugaliya hujumida tezlik, texnika va katta tajriba birlashganini ko‘rsatadi.

Portugaliyaning JCH-2026 uchun yakuniy tarkibi:

Darvozabonlar:
Diogo Kosta “Portu”, Joze Sa “Vulverhempton”, Rui Silva “Sporting”, Rikardo Velxo “Genchlerbirligi”.

Himoyachilar:
Diogo Dalot “Manchester Yunayted”, Mateus Nunes “Manchester Siti”, Nelson Semedu “Fenerbahche”, Joao Kanselu “Barselona”, Nunu Mendesh “PSJ”, Gonsalo Inasiu “Sporting”, Renato Veyga “Vilyarreal”, Ruben Diash “Manchester Siti”, Tomas Arauxo “Benfika”.

Yarim himoyachilar:
Ruben Nevesh “Al Hilol”, Samuel Kosta “Malorka”, Joao Nevesh “PSJ”, Brunu Fernandesh “Manchester Yunayted”, Bernardu Silva “Manchester Siti”, Vitinya “PSJ”.

Hujumchilar:
Joao Feliks “An Nasr”, Trinkau “Sporting”, Fransishku Konseysau “Yuventus”, Pedro Netu “Chelsi”, Rafael Leau “Milan”, Gonsalo Gedesh “Real Sosiyedad”, Gonsalu Ramush “PSJ”, Krishtianu Ronaldu “An Nasr”.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasi Jahon chempionati guruh bosqichida aynan Portugaliyaga qarshi maydonga tushadi. Bu bellashuv vakillarimiz uchun katta sinov bo‘lishi aniq. Chunki Portugaliya tarkibida deyarli har bir chiziqda jahon darajasidagi futbolchilar jamlangan.

Qisqasi, Roberto Martines mundial uchun haqiqatan ham kuchli va muvozanatli tarkibni tanladi. Portugaliyada Ronalduning tajribasi, Bernardu va Brununing aqli, Leau va Netuning tezligi bor. O‘zbekiston uchun esa bu o‘yin katta sahnada o‘zini ko‘rsatish imkoniyati bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Portugaliya Jahon chempionati uchun kuchli tarkibini e’lon qildi