Enzo Maresca Manchester Siti bosh murabbiyi bo‘ladi

Manchester Siti klubi Pep Guardiola ketganidan so‘ng jamoani boshqarish uchun Enzo Maresca bilan uch yillik shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Italiyalik mutaxassis o‘z vaqtida Pep Guardiolaning yordamchisi sifatida ishlagan va endilikda afsonaviy murabbiyning o‘rnini egallashi kutilmoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Ushbu transfer Chelsi klubi uchun ham moliyaviy foyda keltiradi. Londonliklar Marescani qo‘yib yuborgani uchun kompensatsiya to‘lovi olishi ko‘zda tutilgan. Agar tomonlar kelishuvga erisha olmasa, Chelsi huquqiy choralarni ko‘rishga tayyorligini bildirgan.
Maresca Chelsi safida ishlagan davrida raqib klublardan tushgan takliflar haqida rahbariyatni xabardor qilishi shart edi. U o‘z navbatida Manchester Siti va Yuventusdan qiziqish borligini ma’lum qilgan, bu esa London klubi egalari bilan kelishmovchiliklarga sabab bo‘lgan.
Italiyalik murabbiyga Milan, Real Madrid va Tottenxem kabi grand klublardan ham takliflar bo‘lgan. Biroq, u Pep Guardiolaning merosini davom ettirish va Manchester Siti loyihasida ishtirok etish imkoniyatini yuqori baholadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!