“PSJ” va “Arsenal” finalida Parij klubi yana Yevropa taxtiga chiqdi

Parij klubi Yevropadagi eng nufuzli musobaqada yana o‘z kuchini namoyish etdi. Budapeshtda bo‘lib o‘tgan UYEFA Chempionlar ligasi finalida “PSJ” va “Arsenal” klublari o‘zaro to‘qnash keldi. Uchrashuv asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi, g‘olib esa penaltilar seriyasida aniqlandi.
Londonliklar o‘yinni juda faol boshlashdi. 6-daqiqada “Arsenal” hujumchisi Kay Xavers darvozani ishg‘ol qilib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Shu goldan keyin “PSJ” bosimni kuchaytirdi va ikkinchi bo‘limda hisobni tenglashtirishga erishdi. 65-daqiqada Usmon Dembele penaltini aniq bajarib, parijliklarga muhim golni taqdim etdi.
Asosiy vaqtda g‘olib nomi aniqlanmagach, final taqdiri penaltilar seriyasiga qoldi. Unda “PSJ” futbolchilari sovuqqonroq harakat qilishdi va 4:3 hisobida zafar quchishdi. Luis Enrike boshchiligidagi jamoa shu tariqa o‘tgan mavsumdagi muvaffaqiyatini takrorlab, o‘z tarixida ikkinchi marta Chempionlar ligasi kubogini qo‘lga kiritdi.
Bu g‘alaba “PSJ” uchun tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Parij klubi Chempionlar ligasining yangi formatida ketma-ket chempionlikni qo‘lga kiritgan ilk jamoa sifatida tarixga kirdi. “Arsenal” esa finalda munosib qarshilik ko‘rsatgan bo‘lsa-da, hal qiluvchi lahzalarda omad “PSJ” tomonida bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!