date

Katta Farg‘ona kanalida timsoh borligi tasdiqlandimi?

Katta Farg‘ona kanalida timsoh borligi tasdiqlandimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Katta Farg‘ona magistral kanalida timsohlar paydo bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu ma’lumotlar fuqarolar orasida turli muhokamalarga sabab bo‘lgach, holat yuzasidan mas’ul idoralar tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda Uchqo‘rg‘on tumani FVB xodimlari Uchqo‘rg‘on tumani hududidan oqib o‘tuvchi Katta Farg‘ona magistral kanalida joyiga chiqqan holda tekshiruv o‘tkazdi. Xususan, Guliston, Paxtachi, Tegirmon va Birlik mahallalari atrofidagi kanal hududlari ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, kanalda timsoh yoki shunga o‘xshash xavfli jonivor borligi aniqlanmadi. Demak, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar hozircha o‘z tasdig‘ini topmagan.

Namangan viloyati FVB aholidan asossiz va tekshirilmagan ma’lumotlarga ishonmaslikni so‘radi. Fuqarolarga bunday holatlarda faqat rasmiy manbalar axborotiga tayanish tavsiya etildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Katta Farg‘ona kanalida timsoh borligi tasdiqlandimi?