Terma jamoa o‘ynaydi, desa yurak qurimagur bezovta bo‘laveradi.
G‘alati tuyg‘u. Bilamiz, “dono” va “buyuk” murabbiy yana o‘z bilgani (yoki bilmagani)dan qolmay, o‘ziga yoqqan o‘yinchilarni asosiy tarkibda tushirishi ham aniq.
Befalsafa va tuturiqsiz taktika tanlashi ham oydek ravshan. Ikki yil davomida shu insonni kim terma jamoa bosh murabbiyligiga tayinladi ekan, deb oxiriga yeta olmayman. So‘zlarim g‘iybatga o‘xshab ketdi, uzr.
To‘g‘risi, ertaga men uchun kim murabbiy bo‘lishi, kimni maydonga tushishini qizig‘i yo‘q. Xayrullo Hamidov: “Futbolda har o‘yin oldidan madhiyamiz yangraydi” deb yozibdi. Xayrullani ta’rifiga qoyil qolmay iloj yo‘q. Futbolni esa mana shu joyi ta’sirli.
“Bunyodkor” stadionida minglab insonlarni bor ovoz bilan Abdulla Orif so‘zi bilan aytiluvchi ramzimizga jo‘r bo‘lganini guvohimiz. Butun o‘yingoh bitta jismga aylanadi, go‘yo. Yuraklar junbushga keladigan daqiqalarni boshdan kechirgan biladi.
Ertaga nasib qilsa yana shunday bo‘ladi. Kimdir o‘tgan safargi maqolamga “Biz qadimdan yakkakurashlarda kuchlimiz, jamoaviy o‘yin bizga emas” deya fikr bildiribdi. Bo‘lmagan gap! Yurtim zaminidan nafaqat pahlavonlar, balki askarlarni bir maqsad yo‘lida birlashtirib dunyoni uchdan birini zabt etgan sarkardalar chiqqan. Janubiy Koreya bilan bahsda, mana shu rolni Odil Ahmedov o‘ynaydi. Uning “Yo futbol o‘ynash kerak yoki futbolni yig‘ishtirib qo‘yish kerak” ma’nosidagi gapi butun jahon OAVlarida aylandi.
Bilamiz ichingizda: “Hitoyga yutqazgan jamoaga mundialda balo bormi?” degan fikr aylanyapti. Aslo unday emas. Futbolchilarimiz bir bora jahon chempionati havosidan nafas olishlari kerak va zarur. Uyog‘iga yoshlar tortib ketadi.
O‘yinni men stadiondan ko‘rmoqchiman. Andijondan erta tong 6:20 dagi poyezdda qadrdonlar bilan yo‘lga chiqamiz, nasib qilsa. Maqsad bitta – yurt jamoasini qo‘llab-quvvatlash. Bilamiz, televizor qarshisida millionlab insonlar ham yigitlarga ruhan dalda beradilar.
Ha, termamizni bugungi ahvoli haminqadar. Do‘st mana shunday og‘ir kunda bilinadi.
Biz bir jamoamiz! Maqsadlar esa mushtarak. Birlashaylik!
Andijonlik shoir Ravshan Hamrozdan:
Futboldan Vatanning isi keladi
Tandirning yonidan o‘tar bo‘lsangiz,
Dimoqqa urilar shirin non isi.
Beshikka ko‘z tushsa, o‘shal zahoti,
Chulg‘ab olar dilni bolalik hissi.
Futboldachi, ha, ha, shunday bo‘ladi:
- Futboldan Vatanning isi keladi.
“Bu bir o‘yin”, demang, buzmay pinakni,
“G‘olib, mag‘lubligi ularning ishi...”
Axir bu o‘yinning ortida turar,
Bir millat sha’niyu, baxti, tashvishi.
Kimki vatanparvar – yaxshi biladi,
- Futboldan Vatanning isi keladi.
Elmurod Ermatov, Andijon
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi