
Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Karim Adeyemi kelasi yil yozida jamoani tark etishni rejalashtirmoqda. Germaniyalik futbolchi uchun bu mavsum "Borussiya" safidagi soʻnggi mavsum boʻlishi ehtimoldan xoli emas.
Bild nashrining xabariga koʻra, Adeyemi allaqachon faoliyatini davom ettirish uchun turli variantlarni koʻrib chiqmoqda. Maʼlum boʻlishicha, 23 yoshli hujumchining agenti yaqinda "Manchester Yunayted" klubi bilan muzokaralar oʻtkazgan, shuningdek, Milanning "Inter" jamoasi ham futbolchi haqida maʼlumot soʻragan.
Transfermarkt portali maʼlumotiga koʻra, Karim Adeyemining transfer qiymati 60 million yevroni tashkil etadi. Joriy mavsumda nemis futbolchisi barcha turnirlarda o‘tkazgan 14 o‘yinda 3 ta gol va 3 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.