Rossiya Oʻzbekiston bilan oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazishi mumkin

Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi, hozirda ekspert boʻlib faoliyat yuritayotgan Vladimir Granat Rossiya va jahon chempionati–2026 ishtirokchisi boʻlgan Oʻzbekiston terma jamoasi oʻrtasida oʻrtoqlik uchrashuvi tashkil qilish taklifini bildirdi. "Oʻzbekiston bilan oʻyin juda qiziq boʻlar edi.
Jahon chempionati ishtirokchisi. Umuman olganda, raqib qanchalik kuchli va FIFA reytingida yuqori boʻlsa, oʻyinlar shunchalik qiziqarli boʻladi", – deya Granatning soʻzlarini keltiradi Metaratings.ru.
Eslatib oʻtamiz, Rossiya terma jamoasi 2022-yil fevral oyidan buyon xalqaro musobaqalardan chetlatilgan. Valeriy Karpin boshchiligidagi soʻnggi oʻrtoqlik oʻyini Sochida Chiliga qarshi oʻtkazilib, unda rossiyalik futbolchilar 0:2 hisobida magʻlub boʻlishgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing