date

Toshkent va Nyu-York hamkorlikka tayyorlanmoqda


Toshkent va Nyu-York o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha kelishuv tayyorlash rejalashtirilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu kelishuv Nyu-York meri Erik Adams va Toshkent hokimi Shavkat Umurzoqov o‘rtasidagi uchrashuv davomida erishilgan. Suhbat chog‘ida ikki yirik megapolitsning rivojlanishi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Shahar rahbarlari kelgusi hamkorlik istiqbollarini ko‘rib chiqdilar. Toshkent hokimi amerikalik tomonga "Toshkentni 2030 yilgacha rivojlantirish strategiyasi"ning asosiy jihatlarini taqdim etdi.

Tomonlar transport, logistika va kommunal xizmatlar sohasidagi islohotlarni alohida muhokama qildilar. Shuningdek, xalqaro kompaniyalar bilan amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti ham o‘tkazildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkent va Nyu-York hamkorlikka tayyorlanmoqda