
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat korxonalarining samaradorligini oshirish va ular ishlab chiqarayotgan mahsulotlarning tannarxini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida farmon imzoladi. Samaradorlikni oshirish maqsadida har chorakda xarajatlar qayta ko‘rib chiqilib, korxonalarda tejamkor ishlab chiqarish tamoyillari joriy etiladi.
Mazkur hujjatda Respublika komissiyasini tashkil etish belgilangan bo‘lib, ushbu komissiya davlat korxonalariga xarajatlarni optimallashtirish va samaradorlikni oshirish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqishda metodologik yordam ko‘rsatadi. Shuningdek, komissiya to‘lov tizimini modernizatsiya qilish asosida korxonalarning debitorlik va kreditorlik qarzlarini qisqartirish masalalari bilan shug‘ullanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.