date

Toshkent va Namanganda giyohvand moddalar sxemasi fosh etildi

Toshkent va Namanganda giyohvand moddalar sxemasi fosh etildi

Toshkent shahri va Namangan viloyatida giyohvand moddalar bilan bog‘liq yirik jinoiy sxemalar fosh qilindi. Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, tezkor xizmatlar o‘tkazgan hamkorlik tadbirlari orqali bir nechta uyushgan guruhlar faoliyati bartaraf etildi va ularning a’zolari qo‘lga olindi.

Ma’lumotlarga qaraganda, 9-noyabr kuni poytaxtda IIV Tezkor-qidiruv departamenti va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari ishtirokida maxsus nazorat ostida yetkazib berish amaliyoti amalga oshirilgan. Ushbu chorada 1978-yilda tug‘ilgan shaxs hamda uning 1973-yilda tug‘ilgan sherigi Yangihayot tumanida oldindan belgilab qo‘yilgan yashirin joydan giyohvand moddalarni olayotganda qo‘lga tushdi. Tekshiruv natijasia ular 19 kg 80 gramm miqdordagi giyohvand vositasini jinoiy hamkorlari tashlab ketgan geolokatsiyaga qarab olgani aniqlandi.

Bundan tashqari, 13-noyabr kuni Namangan viloyatida o‘tkazilgan tezkor amaliyotda yillar davomida shakllangan va o‘zaro bog‘langan bir nechta jinoiy guruhlar faoliyati fosh etildi. Kurer vazifasini bajargan 30 yoshli shaxs va uning 32 yoshli sherigi Uchqo‘rg‘on tumanining dala hududiga yashirilgan 10 kilogramm gashishni olayotganda ushlandi.

Tergov davomida ushbu moddalarni ularga ikki rahbar shaxs ko‘rsatma bergani, ular tashlab ketgan manzildan olgani ma’lum bo‘ldi. Tadbirlar jarayonida rahbarlardan biri — 2001-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi — qo‘lga olingani, ikkinchisi esa Qirg‘iziston hududida qo‘lga tushgani ma’lum qilindi. Ayni paytda uyushmaning qolgan a’zolarini aniqlash va ushlash ishlari davom etmoqda.

Har ikki holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va gumondorlar qamoqqa olish ehtiyot chorasi bilan tergovga jalb qilindi.

Tegishli idoralar ushbu ko‘lamdagi giyohvand moddalarni izsiz tarqatishga yo‘l qo‘ymaslik uchun tezkor ishlar yanada kuchaytirilganini ta’kidlamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent va Namanganda giyohvand moddalar sxemasi fosh etildi