date

Milevski: Javobgarlik menga yuklatilgan


Shimoliy Makedoniya terma jamoasi bosh murabbiyi Blagoya Milevski JCh-2026 saralash bosqichidagi Uelsga qarshi 1:7 hisobidagi magʻlubiyatdan soʻng fikr bildirdi. Ushbu natija Makedoniyani guruhda ikkinchi oʻrindan uchinchi oʻringa tushirib yubordi.

"Ushbu oʻyin va natijadan soʻng uelsliklarni tabriklamoqchiman. Raqibimizning sifatiga va motivatsiyasiga yeta olmadik.

Javobgarlik toʻliq mendadir. Har doim shunday boʻlgan va kelajakda ham shunday boʻladi.

Hisobdan koʻra oʻyinni qanday yoʻqotganimiz meni koʻproq xafa qildi. Biz oʻyindagi vaziyatlarga va raqibning individual mahoratiga yetarlicha javob bera olmadik, shunday natija muqarrar edi," deya Milevskining soʻzlarini "Sloboden Pechat" portali keltiradi.

Shimoliy Makedoniya Millatlar Ligasi orqali JCh yoʻllanmasi uchun kurashni davom ettiradi. Pley-off bosqichi qurʼasi 20-noyabr kuni boʻlib oʻtadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Milevski: Javobgarlik menga yuklatilgan