
Alaves hujumchisi Mariano Dias "Real"da Krishtianu Ronaldu bilan birga o'ynagan davrlarini esladi. 32 yoshli futbolchining so'zlariga ko'ra, portugaliyalik yulduz uning faoliyatiga katta ta'sir ko'rsatgan.
"Ronaldu menga kun tartibini rejalashtirish, aniqlik, mashg'ulotlarda mehnat qilish, mayda detallarga e'tibor berish, tiklanish va o'yinlarga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha ko'p narsalarni o'rgatdi. Shuningdek, o'z so'zida turishning ahamiyatini tushunib yetdim," – dedi Mariano Madrid Universal nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Mariano faoliyatini "Real" safida boshlagan. U 2018 yilda "Lion"dagi muvaffaqiyatidan keyin Madrid klubiga qaytgan, biroq o'zini ko'rsata olmagan.
Krishtianu Ronaldu esa 2009 yildan 2018 yilgacha "Real" sharafini himoya qilgan.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.