22:26 / 20.04.2018
3 594

Ilhom Mo‘minjonov: "Klubda paydo bo‘lgan ayrim mutaxassislar bu futbolchilar bilan jamoa uzoqqa bormaydi deyishgan"

Илҳом Мўминжонов: "Клубда пайдо бўлган айрим мутахассислар бу футболчилар билан жамоа узоққа бормайди дейишган"
"Navbahor" - "Bunyodkor" (2:1) uchrashuvidan so‘ng Ilhom Mo‘minjonov va Azizbek Turg‘unboyev matbuot anjumanida ishtirok etishdi.
"Futbolchilarim nihoyat oxirigacha o‘ynash kerakligini tushunib yetishdi. Jizzaxdagi alamli mag‘lubiyatdan so‘ng yigitlar ikki taym emas uch taym o‘ynash kerakligini tushunishdi. Murabbiylar ko‘rsatmasini to‘liq bajarishgani uchun rahmat aytaman. Bugungi g‘alaba o‘sha alamli mag‘lubiyatni yuvib yubordi deb o‘ylayman.

Nenad Inyatsning tezligi past emas. U xuddi Turg‘unboyev kabi 30 metrni 4 soniyada bosib o‘ta oladi. Nenadning maydonda bo‘lishi raqiblarga katta bosim beradi. Futbolni tushunmaydigan ayrim mutaxassislar uni tanqid qilishgandi. Mana bugun u klassini ko‘rsatdi, "Lokomotiv" bilan o‘yinda ham shunday bo‘lgandi.

Har bir raqibga qarab futbolchilarni tanlaymiz. Masalan, Mehmonov o‘tgan turlarda maydonga tushmagandi. Bugun tushirdim va u gol urdi. Dilshod Jabborov bugungi bahs taktikasiga to‘g‘ri kelmadi va shu bois tushmadi. Keyingi uchrashuvda kimlar o‘ynashini bilmayman.

Klubda paydo bo‘lgan ayrim mutaxassislar bu futbolchilar bilan jamoa uzoqqa bormaydi deyishgan. Ammo yangi kelgan mutaxassislar yanglishishadi. Men o‘zim yiqqan tarkib bilan faxrlanaman. Nasib qilsa ikkinchi davrani ham shu futbolchilar bilan o‘tkazamiz", - deydi Ilhom Mo‘minjonov.

"Avvalo hammani yutuq bilan tabriklayman. Bugun bizga g‘alaba suv va havo kabi zarur edi. Bizni qo‘llab turgan Namangan ahliga katta rahmat aytaman. Futbolga kirib kelishimga sabab dadam. Birinchi murabbiylarim Ilhom Abduqodirov va Xurshid Yuldashev. 15-sonli futbol litseyida o‘qiganman", - deydi Azizbek Turg‘unboyev.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ilhom Mo‘minjonov: "Klubda paydo bo‘lgan ayrim mutaxassislar bu futbolchilar bilan jamoa uzoqqa bormaydi deyishgan"