Ushbu uchrashuvda “Qo‘qon-1912” jamoasi oldingi o‘yinga nisbatan boshqacharoq tarkibda maydonga tushdi. Bunga esa bir qator sabablar bor edi.
5-daqiqada maydon egalari Igor Taranni o‘z jarima maydonchalari ichida qo‘pollik bilan to‘xtatib qolishdi. Bosh hakam penalti belgiladi. Penaltini esa Murod Xolmuhammedov aniq amalga oshirib hisobni ochdi.
O‘tgan yili ham Jizzaxdagi uchrashuvda birinchi bo‘lib hisobni “Qo‘qon-1912” ochgandi. O‘shanda ham Murod Xolmuhammedov penaltidan gol urgan.
Ikkinchi bo‘limni maydon egalari shiddatli hujumlar bilan boshlashdi.
57-daqiqada mezbonlar hisobni tenglashtirishdi. Qanotdan tashkil etgan hujumni Sardor Azimov gol bilan yakunladi.
75-daqiqada “Qo‘qon-1912” uch marta raqib darvozasiga zarba yo‘llashdi. Har safar raqib o‘yinchilari katta qiyinchilik bilan xavfni bartaraf etishdi. 85-daqiqada raqib futbolchilari Milan Spremoga qo‘pollik ishlatishdi. Jarima to‘pini esa serbiyalik o‘yinchining o‘zi ijro etdi. Uning zarbasi biroz noaniq ketdi. So‘nggi daqiqalarda Murod Xolmuhammedov qizil kartochka olib maydonni tark etdi.
Shu tariqa, o‘yin jangovor durang bilan yakuniga yetdi. “Qo‘qon-1912” keyingi bahsni o‘z maydonida “Bunyodkor”ga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
Superliga, 8-tur.
“So‘g‘diyona” – “Qo‘qon-1912” 1:1.
Gollar: 0:1 – 5 penalti, Xolmuhammedov, 1:1 – 57 Azimov.
“So‘g‘diyona”: Dilshod Hamroyev, Azamat Isroilov (Farhod Mirahmatov, 72), Elyor Orifov, Dilmurod Karimov (Jahongir Abdumo‘minov, 41), Doniyor Hasanov, Sardorbek Azimov, Shohruz Norxonov, Akmal Xolmurodov, Tohir Shamsiddinov, Izzat Abdullayev, Ruslan Melziddinov
“Qo‘qon-1912”: O‘tkir Yusupov, Nosirbek Otaqo‘ziyev (Bahodir Pardayev, 62), Javohir Sidiqov, Oybek Rustamov, Quvondiq Ro‘ziyev, Suhrob Berdiyev, Murod Xolmuhammedov, Aleksandr Merzlyakov, Igor Taran (Muhammadanas Hasanov, 78), Marko Milich, Milan Spremo.
Ogohlantirishlar: Orifov (4), Berdiyev (22), Shamsiddinov (45), Ziyovuddinov (81).
Chetlatish: Xolmuhammedov (88).
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi