15:43 / 19.05.2018
4 285

Bugun O‘zbekiston milliy termasi Eronga qarshi o‘ynaydi

Bugun O‘zbekiston milliy termasi Eronga qarshi o‘ynaydi
Bugun, 19 may kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Tehrondagi «Ozodiy» stadionida Eron terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi.

Bilasiz, Karlos Keyrush jamoasiga qarshi kechadigan o‘yinda terma jamoamiz legionerlar xizmatidan foydalanmaydi. Tehronga faqat milliy chempionatimizda to‘p surayotgan futbolchilar olib ketilgan.

JCh-2018 ishtirokchisi hisoblangan forslarga qarshi uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:15 da boshlanadi.

O‘yin «Sport» telekanali orqali jonli efirda namoyish etilishi rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bugun O‘zbekiston milliy termasi Eronga qarshi o‘ynaydi