15:43 / 06.09.2018
5 582

Birodar Abduraimov: “Hammani oldida qoʻlini koʻksiga qoʻyib uzr soʻrab nima qiladi? Bu kimga kerak?”

Биродар Абдураимов: "Ҳаммани олдида қўлини кўксига қўйиб узр сўраб нима қилади? Бу кимга керак?"
Oʻzbek futbolining tirik afsonasi Birodar Abduraimov Olimpiya terma jamoamizning Osiyo oʻyinlaridagi muvaffaqiyatsizligi haqida jiddiy gaplar gapirdi.

Eslatib oʻtamiz, chorak finalda Janubiy Koreyaga (4:3) qarshi oʻyindagi magʻlubiyatdan soʻng bosh murabbiy Ravshan Haydarov va bir qator futbolchilarning OʻFA vitse-prezidenti Umid Ahmadjonovdan ochiqchasiga kechirim soʻrashgani koʻpchilikning jiddiy tanqidlariga sabab boʻlgan edi.

“Biz boshqa sportchilarimiz kabi futbolchilarimizdan ham muvaffaqiyatlarni kutgandik. Hech boʻlmasa finalga chiqishni kutgandik. Afsuski, ular oʻzlariga yuklatilgan vazifani uddalay olishmadi. Umuman olganda, terma jamoamizning ishtiroki haqida nima deyish mumkin? Murabbiyni qilgan ishini qarang! Magʻlubiyatga uchragandan keyin boshini egib kechirim soʻrashi nimasi? Sen murabbiymisan, unda yutqazgandan keyin ariza yozib, ishdan ketmaydimi? Hammani oldida qoʻlini koʻksiga qoʻyib uzr soʻrab nima qiladi? Bu kimga kerak? Axir yutqazib boʻlishdi-ku, undan koʻra oʻz ixtiyori bilan ishdan ketgani yaxshi-ku! Bunday ishi bilan kimni aldayapti?”, - deydi futbolimiz faxri.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Birodar Abduraimov: “Hammani oldida qoʻlini koʻksiga qoʻyib uzr soʻrab nima qiladi? Bu kimga kerak?”