Portugaliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Luish Figu futbol tarixidagi eng yaxshi hujumchilardan bo‘lgan Krishtianu Ronaldu va braziliyalik sobiq futbolchi Ronaldoning o‘yinini taqqosladi.
“Krishtianu juda ko‘p gol urishga qodir. Ikkala hujumchi ham yaxshi taassurot qoldiradi. Ular ko‘p gol kafolatlaydilar. Yagona qilinadigan ish – ularga pas yetkazib berishdir. Qolgan barchasini o‘zlari uddalaydilar. Biroq Ronaldo jarima maydonchasida yaxshiroq o‘ynagan, deb hisoblayman”, deb aytgan Figu va ikki futbolchidan braziliyalikni tanlagan bo‘lishini qo‘shimcha qilgan.
Figu o‘z vaqtida ikkala futbolchi bilan ham birga to‘p surgan. U “Real”da Ronaldo bilan, terma jamoada esa Ronaldu bilan birga o‘ynagan.
Ronaldo ham, Ronaldu ham Madridning “Real”ida to‘p surgan. Braziliyalik “qaymoqranglilar” bilan Ispaniya chempioni bo‘lgan, Braziliya terma jamoasi safida esa 1994 va 2002 yillarda jahon chempionatini yutgan.
Portugaliyalik “Real”da 2009 yildan boshlab to‘p surgan va klubning eng yaxshi to‘purariga aylangan. U klub tarkibida Chempionlar ligasini 4 marta yutishga muvaffaq bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi