Angliya premer ligasining 12-turida Londonning «Chelsi» klubi o‘z maydonida «Everton» bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi.
«Chelsi» ayni damda 28 ochko (8 ta o‘yinda g‘alaba qozonib, 4 ta o‘yinda durang o‘ynadi) bilan APL musobaqa jadvalida uchinchi o‘rindan o‘rin olgan. Sarri shogirdlari joriy mavsumda barcha musobaqalarni hisobga olganda 18 ta o‘yin o‘tkazib, 14 g‘alabaga erishdi va 4 o‘yinda durang qayd etdi.
Jamoa ustozi Mauritsio Sarri APL tarixidagi eng omadli murabbiyga aylandi. Birorta murabbiy Sarri kabi o‘zining debyut mavsumida dastlabki 12 turda bunday natija qayd eta olmagandi. Sarri oldinroq Frenk Klark singari 11 ta mag‘lubiyatsiz o‘yin natijasini qayd etib, rekordni takrorlagandi.
Jamoa so‘nggi bor 5 avgust sanasida Angliya Superkubogi doirasida «Manchester Siti»ga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi