20:13 / 21.11.2018
3 313

Andrey Fyodorov "Oktyabr oyining eng yaxshi murabbiyi" deb topildi

Andrey Fyodorov "Oktyabr oyining eng yaxshi murabbiyi" deb topildi
Lokomotiv bosh murabbiyi Andrey Fyodorov PFL tomonidan o‘tkazilgan so‘rovga ko‘ra, oktyabr oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar berdi.

“Temiryo‘lchilar“ murabbiyi bu borada AGMK ustozi Baxtiyor Ashurmatov, Nasaf bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev hamda So‘g‘diyona murabbiyi Sergey Lushchanni ortda qoldirdi.

Oktyabr oyida PEPSI Superligada 25-28-tur uchrashuvlari, shuningdek, O‘zbekiston kubogi final uchrashuvi o‘tkazildi. G‘olib murabbiy aynan mana shu uchrashuvlarda qayd etgan natijasiga ko‘ra aniqlandi.

O‘zbekiston Professional futbol ligasi mavsum boshidan buyon oyning eng yaxshilarini aniqlash uchun so‘rovnoma o‘tkazib keladi. Mazkur so‘rovnomada Superliganing 12 ta klubi bosh murabbiylari va sardorlari ishtirok etdi. Shuningdek, muxlislar ovozi PFL rasmiy sayti o‘tkazilgan so‘rovnoma orqali qabul qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Andrey Fyodorov "Oktyabr oyining eng yaxshi murabbiyi" deb topildi