14:41 / 23.12.2018
3 823

Penchak silat bo‘yicha JChda terma jamoamiz oltin medalni qo‘lga kiritdi (video)

Penchak silat bo‘yicha JChda terma jamoamiz oltin medalni qo‘lga kiritdi (video)
Ushbu oltin medal O‘zbekiston tarixida penchak silat bo‘yicha birinchisi hisoblanadi.
Penchak silat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi joriy yil 12-17 dekabr kunlari Singapur davlatida bo‘lib o‘tgan XVIII jahon chempionatida ishtirok etdi.

Mazkur dunyo birinchiligida jahonning 70 dan ortiq davlatlari orasida terma jamoamiz a’zolari umumjamoa hisobida 5-o‘ringa ko‘tarildi va musobaqaning eng yaxshi jamoasi unvonini qo‘lga kiritdi.

Musobaqada Abdumalik Salimov oltin medal sohibi bo‘lish bilan birga, jahon chempionatining eng yaxshi sportchisi deb topildi. Shuningdek, Ayubxon Abdullayev bronza medali bilan taqdirlandi.
VIDEO

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Penchak silat bo‘yicha JChda terma jamoamiz oltin medalni qo‘lga kiritdi (video)