Xabar berganimizdek, 24 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqining press-klubida Shahram G‘iyosov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgandi.
Tadbirda mehmon bo‘lgan Rio Olimpiadasining kumush medali sovrindori, jahon chempioni O‘zbekiston yoshlari oldida o‘z hayoti va sportdagi faoliyati haqida gapirib berdi. Shuningdek, o‘zbek boksi va umuman o‘zbek sportiga doir korrupsion holatga ham to‘xtalib o‘tdi.
“Shubhasiz, ayni paytda o‘zbek boksida korrupsiya mavjud emas, lekin har doim ham bunday bo‘lmagan. 2014 yilga qadar ko‘p bora O‘zbekiston chempionati finallarida nohaqlik sabab imkoniyatni boy berganman. Keyinchalik rahbariyat o‘zgargach, faqat eng kuchlilar saralanadigan bo‘ldi. Hozir boksimizda korrupsiya yo‘q, shu tufayli u rivojlanmoqda. Agar boshqa sport turlarida ham korrupsion holatning oldi olinsa, shubhasiz sport turlarida oldinga siljish ko‘zatiladi”, - dedi G‘iyosov.
Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda Shahram G‘iyosov professional boksda faoliyat olib bormoqda va o‘tgazgan 9 jangining barchasini o‘z foydasiga hal qilgan.
Manba: olamsport.com “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi