17:37 / 13.02.2020
3 583

Bektemir Meliqo‘ziyev 15 fevral tongida navbatdagi jangini o‘tkazadi

Bektemir Meliqo‘ziyev 15 fevral tongida navbatdagi jangini o‘tkazadi
Foto: Twitter
Professional boksning super o‘rta vazn (-76,2 kg) toifasida ringga chiqayotgan Bektemir Meliqo‘ziyev (4-0, 3 KO) Toshkent vaqti bilan 15 fevral tongida AQSHda navbatdagi jangini o‘tkazadi.

Meliqo‘ziyevga ushbu jangda meksikalik tajribali bokschi Marko Antonio Periban (25-5-1, 16 KO) raqiblik qiladi. Bektemir mazkur jangda o‘zining WBA Continental Americas kamarini himoya qiladi. Mazkur to‘qnashuv tonggi soat 06:00 da boshlanishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik bokschi o‘zining so‘nggi jangini 2019 yil, 13 dekabrida o‘tkazib, unda amerikalik Aleksander Vonni (15-4, 9 KO) mag‘lub etgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bektemir Meliqo‘ziyev 15 fevral tongida navbatdagi jangini o‘tkazadi