Foto: Yandex Photos
«Barselona»ning sobiq futbolchisi Rivaldo «Inter» hujumchisi Lautaro Martines va PSJ forvardi Neymarning kataloniyaliklar klubiga ehtimoliy transferi haqida gapirdi.
«Men ancha vaqtdan buyon Neymarga ishonishim haqida aytib kelaman. Balki u «Barselona»dan ketib xato qilgandir, biroq uni 222 million yevrodan kamiga qo‘lga kiritishning iloji bo‘lsa, klub bunday imkoniyatni qo‘ldan chiqarmasligi shart.
Neymar hali juda ko‘p o‘yinlar o‘tkazdi. U endigina 28 yoshga to‘ldi. U jamoa uchun ajoyib xarid bo‘ladi, chunki «Barselona» klubni yaxshi biladigan va o‘yinlarda farqni yuzaga keltira oladigan xarakterga ega o‘yinchiga ega bo‘ladi. Leo Messi bilan birga to‘p surish uni qo‘rqitmaydi va argentinalik futbolchi ham bajonidil uning qaytganini qabul qiladi.
«Barselona» Lautaro Martinesni «Inter»dan sotib olishi mumkinligi haqida aytilmoqda, biroq 22 yoshli hujumchi hali o‘sishi va tajriba to‘plashi lozim. U allaqachon «Inter»ning muhim o‘yinchisiga aylandi va kelajakda Lautaro top-futbolchi bo‘lib yetishishi mumkin. Biroq ayni damda u «Barselona»ga o‘tishga tayyor emas.
«Barselona» hozir Neymarni qaytarishga va o‘sha mashhur hujum uchligini qayta tiklashga e’tibor qaratishi lozim. Jamoa Neymarni qo‘lga kiritish uchun bor pulini berishi kerak, chunki PSJ hozirda real takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.
O‘ylashimcha, u PSJga o‘tib ketgani uchun muxlislardan kechirim so‘raydigan bo‘lsa barchasi izga tushib ketadi. Neymar o‘zining aql bovar qilmas o‘yini bilan ishqibozlar mehrini yana qozona oladi», — deydi Rivaldo. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi