00:10 / 06.04.2020
2 187

Yaxshiboyevning goli Minsk derbisida «Energetik-BGU»ga g‘alaba keltirdi (video)

Yaxshiboyevning goli Minsk derbisida «Energetik-BGU»ga g‘alaba keltirdi (video)
Foto: Twitter
Belarus chempionatining 3-turida «Energetik-BGU» 5 aprel, yakshanba kuni «Minsk»ni qabul qildi.
«Talabalar» maydonida kechgan poytaxt derbisida «Energetik-BGU» ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. 21-daqiqada Jasur Yaxshiboyev qanotdan jarima maydoniga yorib kirib zarba berdi, biroq uni mehmonlar darvozaboni qaytarib qoldi. Qaytgan to‘pni Aleksey Nosko yaqin masofadan darvozaga joylab qo‘ydi.

70-daqiqada maydon egalari Ayk Musaxanyanning chetlatilishidan keyin bir kishi kam bo‘lib qoldi. Biroq «Energetik» o‘yinga qo‘shib berilgan vaqtda g‘alabani mustahkamladi. Yaxshiboyev o‘tkir burchakdan aniq zarba yo‘llab, yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Shu tariqa «Energetik-BGU» 3-turdan keyin yuz foizlik natija ko‘rsatgan holda musobaqa jadvalida yakka peshqadamga aylandi.

Belarus Oliy Ligasi
3-tur bahsi
5 aprel, yakshanba

«Energetik-BGU» — «Minsk» 2:0
Gollar:
1:0 — 21 Nosko, 2:0 — 90+2 Yaxshiboyev.

«Energetik-BGU»: Sadovskiy, Sokol, Shkurdyuk, Svirepa, Mavatu, Nosko, Yaxshiboyev, Girs (Yudchis, 46), Tve, Musaxanyan, Atemeng (Umarov, 75).
«Minsk»: Leonov, Zaleskiy, Prishepa (Vasilev, 77), Chagoves, Nasibulin, Shramchenko, Vasilev (Ostroux, 36), Yarotskiy, Sazonchik, Xvashinskiy, Gribovskiy.

Ogohlantirishlar: Musaxanyan (25), Sazonchik (37), Svirepa (45), Tve (48), Atemeng (66), Sadovskiy (89).
Chetlatish: Musaxanyan (70).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yaxshiboyevning goli Minsk derbisida «Energetik-BGU»ga g‘alaba keltirdi (video)