19:53 / 16.04.2020
3 439

Jafar Irismetov: «Jasur Yaxshiboyevga Yevropa klublaridan takliflar bor»

Jafar Irismetov: «Jasur Yaxshiboyevga Yevropa klublaridan takliflar bor»
Foto: Twitter
«Paxtakor» sport direktori Jafar Irismetov ayni damda ijara asosida Belarusning «Energetik-BGU» jamoasida to‘p tepayotgan Jasur Yaxshiboyevga Yevropa klublaridan takliflar borligini aytdi. Bu haqida «Paxtakor» sport direktori Jafar Irismetov ma’lum qildi.

«Jasur Yaxshiboyev O‘zbekiston chempionatida negadir ochilib keta olmadi. Ammo u mamlakatdagi eng iqtidorli futbolchilardan biri. Uni bilgan holda «Energetik-BGU»ga berganmiz. U yerda yosh o‘yinchilar ko‘p. Murabbiylarni ham taniymiz. Uni ijaraga berishdan oldin murabbiylar bilan ham gaplashganmiz. Ayni damda futbolchiga Vengriya, Polsha hamda Portugaliya chempionatlaridan takliflar bor. To‘g‘ri, taklif bildirayotgan klublar top klublar emas. Biroq takliflar kelib turibdi», — deydi «Paxtakor» sport direktori Jafar Irismetov.

Ma’lumot uchun, transfer huquqi «Paxtakor»ga tegishli bo‘lgan Jasur Yaxshiboyev Belarus chempionatida 4-turdan so‘ng 3 ta gol bilan eng yaxshi to‘purar bo‘lib turibdi. Uning jamoasi 16 aprel, payshanba kuni, «Gorodeya» klubiga qarshi 5-tur uchrashuvida maydonga tushadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 19:30 da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jafar Irismetov: «Jasur Yaxshiboyevga Yevropa klublaridan takliflar bor»