20:48 / 15.05.2020
2 506

Vitaliy Denisov yana premer-ligaga qaytdi

Vitaliy Denisov yana premer-ligaga qaytdi
Bugun Rossiya futbol ittifoqi ijroqo‘mi Milliy futbol ligasi (FNL) va Professional futbol ligasida (PFL) mavsumni muddatidan avval yakunlash bo‘yicha qaror chiqardi.

Endi FNLda 1- va 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan “Rotor” hamda “Ximki” klublari Rossiya premer-ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. O‘z navbatida RPLda mavsumni 15- va 16-o‘rinda yakunlaydigan klublar FNLga ravona bo‘ladi.

E’tiborlisi, FNLda chempion bo‘lgan “Rotor” klubi safida hamyurtimiz Vitaliy Denisov to‘p surmoqda. U joriy mavsum 2 ta o‘yinda maydonga tushdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vitaliy Denisov yana premer-ligaga qaytdi