07:43 / 17.05.2020
2 421

Shomurodovning agenti "Tezkor studiya"dagi insayd ma’lumotni tasdiqladi

Shomurodovning agenti "Tezkor studiya"dagi insayd ma’lumotni tasdiqladi
"Rostov"da to‘p tepayotgan hamyurtimiz Eldor Shomurodovning top-ligalarga yo‘l olishi haqida anchadan buyon gapirilyapti.

Bugun futbolchining agenti, ProSportsManagement kompaniyasi rahbari German Tkachenko "Akademii futbola" jonli efiri vaqtida ham buni tasdiqladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, chindan ham Eldor Shomurodovga Germaniya klublari qiziqish bildiryapti va ular bilan muzokaralar o‘tkazilmoqda. Ammo muzokaralar jarayoni futbol va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga jiddiy ta’sir o‘tkazayotgan umumiy iqtisodiy inqiroz tufayli murakkablashmoqda. Nemis klublaridan birining vakili bunday vaziyatda Shomurodovni xarid qilish uchun kimnidir sotib yuborishi kerakligini ta’kidlagan.


Manba: Championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodovning agenti "Tezkor studiya"dagi insayd ma’lumotni tasdiqladi