22:50 / 08.09.2020
2 022

Shota Arveladze: Bu yerda o‘ynash hamisha qiyin

Shota Arveladze: Bu yerda o‘ynash hamisha qiyin
Bugun O‘zbekiston chempionati 16-turidan o‘rin olgan "Metallurg" - "Paxtakor" (0:3)uchrashuvi o‘tkazildi. Bellashuvdan so‘ng mehmonlar ustozi Shota Arveladze o‘yin borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

- Bu yerda o‘ynash hamisha qiyin. Ular kimga qarshi qanday o‘ynash kerakligini, xalal berishni yaxshi bilishadi. Dastlabki 30 daqiqada raqib jiddiy qarshilik ko‘rsatdi. Keyin esa bo‘sh hududlar yuzaga keldi. Ikkinchi gol o‘yin taqdirini o‘zgartirib yubordi. Mezbonlar ikkinchi bo‘limda hujumga e’tibor qaratishdi.

Biz uchun g‘alabadan tashqari o‘yinni jarohatlarsiz tugatganimiz ham juda muhim. Oldinda bizni Chempionlar Ligasi bahslari kutmoqda.
Bizni yana qiyin uchrashuvlar va tig‘iz taqvim kutmoqda. O‘zimizning yaxshi taraflarimizni namoyish etishga urinamiz
, - dedi Arveladze.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shota Arveladze: Bu yerda o‘ynash hamisha qiyin