18:18 / 09.01.2021
2 768

Nobel Arustamyan Shomurodovning "Yuventus"ga transferi haqida nima dedi?

Nobel Arustamyan Shomurodovning "Yuventus"ga transferi haqida nima dedi?
Mashhur futbol insayderi Nobel Arustamyan Italiya matbuotida yuzaga kelgan o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovning "Yuventus"ga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabatini bildirdi.

- "Shomurodov haqidagi mish-mishlarga ishonasizlarmi? Birinchidan manba "Tuttosport" gazetasi, afsuski u Italiyada eng obro‘siz nashrlardan biri hisoblanadi. Ko‘pincha tekshirilmagan ma’lumotlarni beradi va xatoga yo‘l qo‘yadi. Boshqa tomondan esa bu Turin OAVi.

Eldor "Jenoa"da yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda. Uning Genuyaga kelganiga ko‘p bo‘lmadi, atigi ikkita gol urdi. Lekin yaqinda kelganiga qaramasdan jamoaning eng yaxshi hujumchisiga aylandi.

Menimcha Shomurodovning "Yuventus"da paydo bo‘lib qolishi fitna. Sabr qiling va kuzatishda davom eting. Klub atrofida hali boshqa ismlar paydo bo‘ladi
", - deb yozadi Arustamyan o‘zining telegram kanali.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nobel Arustamyan Shomurodovning "Yuventus"ga transferi haqida nima dedi?