13:36 / 30.05.2021
3 542

Ronaldu qaysi jamoani tanladi?


“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu atrofidagi xabarlar ko‘payib bormoqda. Uning Turindan ketishi deyarli aniq. Portugaliyalik yulduzni o‘ynatishga qodir klublar orasida “Real”, PSJ va “Manchester Yunayted”tilga olinmoqda.

Krishtianuning ketishi ko‘p jihatdan jamoaga Massimiliano Allegri bosh murabbiy etib tayinlangani bilan bog‘liq.

Ma’lumotlarga qaraganda, Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted”ga qaytishni istamoqda. Portaguliyalik futbolchi aynan manchesterliklar safida yulduz darajasiga yetgan. Qolaversa, “Manchester Yunayted” ham uni qaytarishga qarshi emas.

“Yuventus”ni qabul qilib olgan Allegri birinchi navbatda “Manchester Yunayted”dan Pol Pogbani qaytarmoqchi. Bu har ikki klubning transfer rejasini tezlashtirishi mumkin.

Shu o‘rinda, Ronaldu manchesterliklar safiga borishi uchun maoshi pasaytirilishiga rozi bo‘lishi kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu qaysi jamoani tanladi?