10:00 / 22.07.2021
2 324

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi 6 ta sport turini Olimpiya o‘yinlari ro‘yxatiga kiritdi


Kollaj: «Daryo»
Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining (XOQ) Tokiodagi sessiyasida oltita xalqaro sport federatsiyasi qo‘mita a’zoligiga qabul qilindi.

Sambo xalqaro federatsiyasi (FIAS), Xalqaro cherliding ittifoqi (ICU), Xalqaro muay-tay assotsiatlari federatsiyasi (IFMA), Xalqaro aysshtoksport federatsiyasi (IFI), Butunjahon kikboksing tashkilotlari assotsiatsiyasi (WAKO), Butunjahon lakross federatsiyasi (WL) XOQning ro‘yxatidan o‘tdi.

Shu tariqa sambo, cherliding, muay-tay, aysshtok (qishki sport turi), kikboksing va lakross keyingi Olimpiya o‘yinlari sport turlari ro‘yxatidan o‘rin olishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 23 iyul kuni Tokio—2020 Olimpiadasi ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Musobaqa 8 avgustga qadar davom etadi. O‘zbekiston delegatsiyasi 17 ta sport turi bo‘yicha 71 ta yo‘llanmaga ega bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xalqaro olimpiya qo‘mitasi 6 ta sport turini Olimpiya o‘yinlari ro‘yxatiga kiritdi