Noqonuniy chiqindilar uchun 7,9 mlrd so‘m jarima qo‘llandi

1 daqiqa o'qish373
Noqonuniy chiqindilar uchun 7,9 mlrd so‘m jarima qo‘llandi
O‘zbekiston bo‘ylab noqonuniy chiqindi tashlash holatlari uchun 7,9 milliard so‘m miqdorida jarimalar solindi, deb xabar berdi Kursiv.uz.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–iyun oylarida respublika bo‘yicha 15 mingga yaqin noqonuniy chiqindi holati aniqlangan.

“Respublika bo‘yicha 14,7 mingta ma’muriy bayonnoma tuzildi. Jami 7,9 milliard so‘m jarima belgilanib, shundan 3,3 milliard so‘m qonuniy tartibda undirilgan”, — deyiladi vazirlik ma’lumotida.

Eng ko‘p holatlar Namangan viloyatida (1,5 ming), Andijon viloyatida (1,4 ming) va Farg‘ona viloyatida (1,1 ming) kuzatilgan.

Onlayn videokuzatuv orqali 5,2 mingdan ortiq noqonuniy chiqindi tashlash holati qayd etilgan. Tizim aholi yashash punktlari chekkalari, noqonuniy poligonlar, sohil hududlari va umumiy foydalaniladigan joylarni kuzatib boradi.

Vazirlik fuqarolarni qonunlarga amal qilishga va atrof-muhitga mas’uliyat bilan yondashishga chaqirdi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?