14:39 / 14.08.2021
2 099

Mourino baribir Angliyadan hujumchi oladi

Mourino baribir Angliyadan hujumchi oladi
Joze Mourino “Roma”ning hujum chizig‘ini kuchaytirishga bel bog‘lagan. Ana shu maqsadda “bo‘rilar” Eldor Shomurodovni transfer qilgandi. Endi Mourino Angliyadan hujumchi olmoqchi.

“Roma” Temmi Abraxam transferi bo‘yicha “Chelsi” bilan kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqatilgandi. Bu transferning amalga oshishi hujumchining o‘zigagina bog‘liq bo‘lib turibdi. Hozircha, Abraxam A Seriyaga kelishni istamayapti.

“Roma” mutasaddilari Abraxam o‘rniga boshqa hujumchi ham topib qo‘ydi. Agar angliyalik futbolchi Rimga kelishni istamasa, “bo‘rilar” Angliya premer-ligasida suyagi qotgan Kelechi Ixeanachoni olib keladi.

“Lester” hujumchisi o‘tgan mavsumni yuqori saviyada yakunladi. U Angliya premer-ligasida 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 12 marotaba ishg‘ol qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mourino baribir Angliyadan hujumchi oladi