20:56 / 21.08.2021
2 947

Osiyo Kubogi-2023 saralashi keyingi yil markazlashgan tartibda o‘tadi

Osiyo Kubogi-2023 saralashi keyingi yil markazlashgan tartibda o‘tadi
2023 yil Xitoyda o‘tadigan Osiyo Kubogi saralash o‘yinlari 2022 yil yozda o‘tkaziladigan bo‘ldi. Bu haqda Tribuna.uz manbasi xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Osiyo Kubogi saralashi uchun qur’a tashlash marosimi 2022 yil mart yoki aprel oyida o‘tkaziladi. Saralash o‘yinlari esa 2022 yil iyun oyida markazlashgan tartibda o‘tkaziladi. Ya’ni, har bir guruhdagi o‘yinlar bitta mamlakatda o‘tadi.

Ma’lumot uchun, jahon chempionati saralashining hal qiluvchi bosqichiga yo‘l ololmagan O‘zbekiston Osiyo chempionatiga chiqish uchun saralashda qatnashishi kerak. O‘zbekiston saralashdagi reytingi eng baland jamoa sifatida birinchi savatchadan o‘rin olgan. Birinchi savatchada O‘zbekistondan tashqari Bahrayn, Iordaniya, Qirg‘iziston, Falastin va Hindiston ham bor. Ya’ni, bu jamoalar O‘zbekistonga raqib bo‘lmaydi.

Saralashdagi oltita guruhlarda to‘rttadan jamoa bo‘ladi. Guruh g‘oliblari va eng yaxshi ikkinchi o‘rindagi 5 jamoa Osiyo Kubogiga chiqadi. JCH-2022 hal qiluvchi saralashiga chiqqan 12 jamoa ham Osiyo Kubogida ishtirok etadi.

Shu tariqa O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanetsda rasmiy o‘yinlargacha yangi jamoa shakllantirish uchun bir yil vaqt bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo Kubogi-2023 saralashi keyingi yil markazlashgan tartibda o‘tadi